12:02 / 29.11.2020
6 448

Yulduzli do‘stlik: Turk mashhurlari kim bilan do‘st tutingan? (foto)

Yulduzli do‘stlik: Turk mashhurlari kim bilan do‘st tutingan? (foto)
Asosiy vaqtini suratga olish maydonchalarida o‘tkazadigan turk kinoijodkorlari yangi loyihalar ustida ishlash davomida nafaqat o‘z sevgisini topishi, balki boshqa bir ijodkor bilan qadrdon do‘st tutinishi ham mumkin. E’tiboringizga ana shunday suratga olish jarayonlarida tanishgan va shundan buyon yaqin aloqada bo‘lgan turk yulduzlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Xatiche Shendil va Berguzar Korel

Foto: «Yandeks Dzen»
Ko‘rinishidan ham bir-biriga o‘xshab ketadigan aktrisalarning do‘stligi yillar sinovidan o‘tgan. Xalit Ergenchning rafiqasi sifatida yaxshi tanish bo‘lgan Berguzar nafaqat aktrisalik mahorati, balki vokal borasida ham chakki emas. U Xatichening to‘yida bir necha qo‘shiq ijro qilgan hatto. Bir-birini hamisha qo‘llab-quvvatlaydigan aktrisalar hamisha yordamga shay. Xatiche Berguzar ijrosidagi «Vatanim sensan» eng yaxshi ko‘rgan seriali ekanini aytadi. Ammo ularning har hali hamon birgalikda roli ijro qilishga muvaffaq bo‘lmagan.

Nur Fettaho‘g‘lu va Asli Enver

Foto: Series Turkish
«Muhtasham yuz yil» yulduzi «Istanbullik kelin» serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Asli Enver bilan «Vavilon» serialining suratga olish jarayonida do‘st tutingan. Ular bir zumda til topishib, iliq munosabatlarga kirishib ketgan. Dugonalar yaqindagina birgalikda fotosessiyada ishtirok etishga ulgurdi. Taqdim qilingan suratlardagi aktrisalarning samimiy emotsiyalari muxlislarni ham befarq qoldirmagan.

Nurgul Yeshilchay va O‘zjan Deniz

Foto: «Yandeks Dzen»
Erkak va ayollar do‘st bo‘lishi mumkin emas, deb o‘ylaganlar fikrini xato ekanligiga mazkur juftlikning munosabatlari yaqqol misol bo‘la oladi. «Ishkomli uy» serialida sevishganlar rolini qoyillatib o‘ynagan O‘zjan va Nurgul 2016 yilda yana bir marta hamkorlikda ishlagan va «Ikkinchi imkon» filmida birgalikda rol ijro qilgan. Ularning suratga olish maydonchasidan tashqarida tushgan suratlari ham limmo-lim. Ular tez-tez ko‘rinib turishi va vaqtini maroqli o‘tkazishi mumkin.

Beren Saat va Esra Dermanjio‘g‘lu

Foto: «Yandeks Dzen»
Birgalikdagi suratlarini ko‘p uchratish mumkin bo‘lgan Beren va Esra «Aybsiz aybdor» va «Kosem» seriallarida birgalikda suratga tushgan. Ular birga bo‘lsa hech qachon zerikmaydi. Ikkovida ham birdek hazilkashlik borligi chiqishib ketganining sabablaridan biri.

Xande Erchel va Burji O‘zberk

Foto: «Yandeks Dzen»
Yosh, go‘zal va iste’dodli dugonalar bir-birini juda ham yaxshi ko‘radi. Ular «Gunesh qizlari» serialining suratga olish jarayonida tanishgan. Syujetga ko‘ra opa-singil bo‘lgan aktrisalar munosabatlari hayotga ham ta’sir qilgan va qalin dugona bo‘lgan. Ular birgalikda dam olish, xarid qilishni xush ko‘radi, doim birga bo‘lish uchun biri-biriga yaqin joydan uy olgan hatto. Muxlislar ularning bir loyihada birgalikda takror ishtirok etishini intiqlik bilan kutadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduzli do‘stlik: Turk mashhurlari kim bilan do‘st tutingan? (foto)