date

Netflix’da "Kalmar o‘yini" yana rekord o‘rnatdi

Netflix’da "Kalmar o‘yini" yana rekord o‘rnatdi
Janubiy Koreya seriali "Kalmar o‘yini"ning final mavsumi Netflix platformasida namoyish etilganidan so‘ng ilk 3 kun ichida 60 milliondan ortiq tomosha to‘pladi, deb Kursiv media xabar berdi.

Serial 3 kun ichidagi tomoshabinlar soni bo‘yicha Netflix’da rekord o‘rnatdi. Bu natija uni Netflix’ning eng mashhur ingliz tilida bo‘lmagan 10 loyihasi qatoriga kiritdi va to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

"Kalmar o‘yini"ning birinchi mavsumi hali ham Netflix tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan serial bo‘lib qolmoqda — u 265 milliondan ortiq ko‘rish to‘plagan. Ikkinchi mavsum esa nisbatan kamroq tomosha qilinib, 2022-yilgi "Wednesday" serialiga o‘rin bo‘shatgan.

Final mavsum ijobiy baholar oldi. Rotten Tomatoes saytida 3-mavsum reytingi tanqidchilar fikriga ko‘ra 79% bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Netflix’da "Kalmar o‘yini" yana rekord o‘rnatdi