12:30 / 26.08.2021
2 823

5 yil oldin olib chiqib ketilgan noyob buyumlar O‘zbekistonga qaytarildi

5 yil oldin olib chiqib ketilgan noyob buyumlar O‘zbekistonga qaytarildi
Bundan besh yil avval noma’lum shaxs tomonidan olib chiqib ketilgan noyob qo‘lyozma va buyumlar Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan yana O‘zbekistonga qaytarilgan.

Rossiyadan qaytarilgan noyob tarixiy-madaniy boyliklar O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi fondiga rasman topshirilgan. Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi Madaniyat vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston uchun madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan 29 ta qo‘lyozma va 16 ta sopol buyum 2016 yilda qonunbuzar tomonidan yashirincha olib chiqib ketilgan.

Mazkur ashyolardan 9 dona qo‘lyozma va kitoblar arab, fors, turkiy tillarda yozilgan diniy matnlar va she’riy asarlar bo‘lib, taxminan 1644-1880 yillar davrida yaratilgan, 16 dona sopol buyumlardan 3 tasi esa o‘rta asrlar va yangi davrdagi ( XV-XVII asrlar) Samarqand kulolchilik maktabiga mansub.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari U.Qodirovning ta’kidlashicha, so‘nggi 5 yil davomida respublika bojxona organlari tomonidan 450 ga yaqin qo‘lyozma asarlar, noyob tanga va boshqa osori-atiqalar ushlab qolindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 5 yil oldin olib chiqib ketilgan noyob buyumlar O‘zbekistonga qaytarildi