01:46 / 05.01.2022
5 751

Tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan yangi turk seriallari

Tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan yangi turk seriallari
Turk kinosi muxlislariga ko‘rish tavsiya qilinadigan seriallar haqida Cosmopolitan nashri ma’lumot beradi.

«Senga va’da beraman»

Foto: Turk Cinema
Serialdagi voqealar rivoji yosh ofitsiant qiz Oysha Qahramonning o‘limi va unda badavlat insonning farzandi ayblanishi bilan boshlanadi. Tajribali politsiyachi Omer va jinoyatlar bilan bog‘liq voqealarni yoritadigan boshlovchi Elif aybsizlarni himoya qilish uchun birlashadi va hamkorlik qiladi.

«Taqdirimning o‘yini»

Foto: Turk Cinema
«Taqdirimning o‘yini»da muxlislar «Beqaror» serialidagi roli bilan ma’lum bo‘lgan Akin Akino‘zu hamda Oyku Karayelni ko‘rishi mumkin. Serialdagi voqealar Jemal va Asiye ismli qahramonlarning 17 yoshda turmush qurishi bilan boshlanadi. Taqdir sinovlari oldida ojizlik qilgan Jemal rafiqasini ikki farzandi bilan yolg‘iz tashlab, badavlat insonning qiziga uylanadi. Ayol esa farzandlari bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Qizi bilmagan holda odam o‘ldirib qo‘yadi va qizi qamoqqa tushmasligi uchun Asiye ona shahrini tark etishga majbur bo‘ladi. Shundan keyin uning taqdirida tub burilish yasovchi voqea yuz beradi.

«Doston»

Foto: Turk Cinema
Mazkur serialda Oqqiz va xonning bir qo‘li falaj bo‘lgan farzandi Batugning o‘rtasidagi sevgi haqida hikoya qilinadi. Qahramonlar orzularini ro‘yobga chiqarish va tarixda qolish uchun ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tishga majbur bo‘ladi.

«Bo‘shliq»

Foto: Turk Cinema
Serial syujeti Esme Ozturk ismi advokat qiz bilan bog‘liq bo‘ladi. Zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishni ko‘rib chiqayotgan qahramon, jinoyatchilarni fosh qilish uchun ulardek fikrlashga harakat qiladi. «Qochib qutilish mumkin bo‘lgan har qanday o‘lim qotillik hisoblanadi», — deb hisoblaydi advokat.

«Ma’sumlik»

Foto: Turk Cinema
Serial unashtirilgan qaylig‘i bo‘la turib, boshqa qiz bilan uchrashib yurgan yigit va uning qilmishlari oqibati haqida hikoya qiladi. Ilkerning ota-onasi o‘g‘illariga munosib oiladan kelin olib berishni istaydi, ammo yigitning Iremda ko‘ngli bo‘lmaydi va shu bilan birga uni umidvor qilib yurishdan ham to‘xtamaydi. Munosabatlar turli jinoyat va qabihliklarga sabab bo‘ladi.

«Qardoshlarim»

Foto: Turk Cinema
Yagtu Axu, Sari Xalit Ozgur, Joshkin Su Bursu suratga tushgan serialda oddiy turk oilasining hayot tarzi, muammolarga yechim topishi va baxtli onlari o‘z aksini topadi. Syujetga ko‘ra avtohalokat tufayli ota-onasidan ayrilgan farzandlar, bir-birining dardiga malham bo‘lishi, muammolarni mustaqil hal qilishiga to‘g‘ri keladi. Dardlari qanchalik katta ekaniga qaramay aka-uka va opa-singillar yashashda davom etadi, qarindoshlaridan hech kim mas’uliyatni bo‘yniga olishni istamaydi.

«Oyna ortidagi qiz»

Foto: Turk Cinema
Ushbu serial tashqaridan qaraganda hamma narsasi mukammal ko‘ringan o‘ziga to‘q oilaning qizi Nalan haqida hikoya qiladi. Nalan o‘ziga to‘q oilaning Sedat ismli farzandiga turmushga chiqadi, ammo ularning har ikkisini ham bir-birida yashiradigan siri bo‘ladi.

«Shishali shiftlar»

Foto: Turk Cinema
Mazkur serialda biznes olamida ayollar duch keladigan qiyinchiliklar haqida hikoya qilinadi. Jem ismli yigit Leyla ismli qizni uchratmagunicha o‘z ishiga ishonchi komil bo‘ladi. Leyla esa hamma narsaga o‘zi erishadigan, jamiyatdagilarga faqat erkaklar emas, ayollar ham biznesda muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkinligini isbotlashga ishonadi. Bora-bora boshqalarga yon berib o‘rganmagan yoshlar o‘rtasida munosabatlar rivojlana boshlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan yangi turk seriallari