Moskvadagi Kreml davlat saroyida 19 noyabr kuni O‘zbekiston madaniyati kunlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Tomoshabinlar O‘zbekistonning taniqli san’atkorlari ijrosidagi o‘zbek, rus va jahon klassikasi asarlardan bahramand bo‘lishadi. Dasturning markaziy tadbiri O‘zbekiston san’at ustalari ishtirokidagi gala konsert hisoblanadi.
Ishtirokchilar:
- O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva;
- xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Farrux Zokirov, Sevara Nazarxon, Gulsanam Mamazoitova, Oygul Nodirova;
- xizmat ko‘rsatgan artistlar Ozoda Nursaidova, Ilyos Arabov;
- ijrochilar Shirin Mamatova, Sabina Mustayeva.
Konsert dasturidan, shuningdek, xalq artisti Kamolidin O‘rinboyev boshchiligidagi Davlat simfonik orkestri hamda Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi "Bahor" davlat raqs ansambli chiqishlari ham o‘rin olgan.
Ikki soatlik konsert dasturidan o‘zbek xalq qo‘shiqlari, raqslari va jahon opera klassikasi durdonalari o‘rin olgan.
Tadbir doirasida O‘zbekiston tarixi, madaniy an’analari va kundalik hayoti haqida hikoya qiluvchi fotoko‘rgazma ham bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistondagi muhim voqealar, me’moriy obidalar va zamonaviy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan 80 dan ortiq noyob fotosuratlar namoyish etiladi.
Tadbirda Rossiya va O‘zbekiston rasmiylari, madaniyat va ishbilarmon doiralari vakillari, diplomatlar va san’at arboblari ishtirok etishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi