Foto: AFP
Rossiya Ukrainaga qarshi urushga yo‘l olgan KXDR askarlariga har oy 2 ming dollardan to‘laydi. Bu haqda Janubiy Koreya Milliy razvedkasi ma’lumotlariga tayanib, The Korea Herald xabar berdi.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, frontga kamida 10 ming nafar Shimoliy koreyalik askarlar tashlanadi.
Harbiy xizmatchilardan tashqari Rossiyada to‘rt mingga yaqin KXDR ishchilari mavjud. Ularning o‘rtacha maoshi oyiga 800 dollarni tashkil etmoqda.
Rossiya, shuningdek, KXDRning o‘z hosili yetmayotgani tufayli mamlakatga guruch yuborishni boshlashi mumkin. Moskva Pxenyanga yiliga 600-700 tonna guruch yuborishi kutilmoqda — bunga qadar KXDRga 50-100 tonna guruch jo‘natilar edi.
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken oktyabr oxirlarida 8 mingga yaqin Shimoliy Koreya askarlari Kursk oblastiga kelib joylashganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington yaqin kunlarda ushbu qo‘shinlar jangovar harakatlarda ishtirok etishini kutmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXDR askarlari Ukraina bilan chegaraga joylashtirilgani haqidagi ma’lumotni na tasdiqladi va na rad etdi.
Iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va KXDR rahbari Kim Chen In har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi. Shundan so‘ng, Janubiy Koreya matbuoti KXDR Ukraina bilan jang qilish uchun Rossiyaga 12 ming askar yuborilgani haqida yozdi. Keyinroq Shimoliy Koreya askarlarining Uzoq Sharqdagi mashg‘ulotlari aks etgan video paydo bo‘ldi. KXDR Rossiyaga harbiy xizmatchilar yuborilishi haqidagi xabarlarni mish-mish deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Bitkoin qiymati 99 ming dollardan oshdi