Foto: Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi
Bo‘stonliq tumanida tog‘ echkisini ovlagan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Bo‘stonliq tumani Burchmullo davlat O‘rmon xo‘jaligi Pskom bo‘limi Qorong‘u To‘qay hududida reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Tadbir davomida 1989 yilda Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan fuqaro T.B. hech qanday ruxsatnomasiz o‘ziga tegishli bo‘lgan ov quroli yordamida 1 bosh tog‘ echkisini ovlaganligi aniqlangan. U bu qilmishi orqali tabiatga 16 mln 875 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi (Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Tegishli hujjatlar sudga yuborilgan. Ov quroli esa saqlash uchun Bo‘stonliq tumani IIBga topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi