14:02 / 31.10.2024
20

Jonni Depp kinoga qaytmoqda: aktyor yangi filmda Penelopa Krus bilan suratga tushadi

Jonni Depp kinoga qaytmoqda: aktyor yangi filmda Penelopa Krus bilan suratga tushadi
Jonni Depp faoliyatida bir necha yil davom etgan tanaffusdan so‘ng kino sanoatiga qaytish uchun jadal tayyorlanmoqda, deb yozmoqda People.onliner.by. Aktyor ishtirokidagi yangi film “Kunduzlari mast” deb atalib, Lionsgate studiyasi tomonidan suratga olinadi.

Foto: HuffPost
Ushbu loyiha uning Ember Hyord bilan ajrashishi va shov-shuvli sud jarayonidan keyingi birinchi yirik ishi bo‘ladi. Ma’lumot uchun, Jonni Depp oxirgi marta yirik budjetli Gollivud filmida 2018 yilda, ya’ni “Fantastik hayvonlar: Grin-de-vald jinoyatlari” filmida suratga tushgan.

“Kunduzlari mast” yangi loyihasida Depp aktrisa Penelopa Krus bilan birga suratga tushadi. Filmni “Yozning 500 kuni” va “Yangi o‘rgimchak odam” filmlari bilan mashhur bo‘lgan rejissyor Mark Uebb suratga oladi. Trillerda kruiz kemasidagi barmen va sirli yo‘lovchi o‘rtasidagi do‘stlik hamda ular duch keladigan kutilmagan va murakkab voqealar haqida hikoya qilinadi. Loyiha mart oyidan beri ishlab chiqish bosqichida. Bundan avval bosh rolda aktrisa Sidni Suini ishtirok etishi haqida xabarlar tarqalgan edi, ammo ular tasdiqlanmadi.

Foto: VOI
Albatta, olti yillik tanaffus davomida Jonni Depp butunlay karyerasini butunlay tashlab qo‘ygani yo‘q. Aktyor Yevropada “Janna Dyubarri” filmida suratga tushdi, musiqiy gastrollarda bo‘ldi, maishiy mahsulotlar reklamasida chiqdi, Nyu Yorkda rasmlar ko‘rgazmasini tashkil qildi va hatto rejissyorlik kursisiga qaytib, rassom Amedeo Modilyani haqidagi biografik filmni suratga oldi. Biroq uning Gollivuddagi avvalgi mavqeyi tiklanishiga yana bir muddat vaqt kerak bo‘ladi.

“Kunduzlari mast” loyihasi Depp va Krusning to‘rtinchi hamkorlikdagi ishi bo‘ladi. Avvalroq ular “Kokain” (2001), “Karib dengizi qaroqchilari” (2011) va “Sharqiy ekspressdagi qotillik” (2017) filmlarida birga suratga tushishgan.

Eslatib o‘tamiz, Jonni Depp karyerasidagi muammolari uning Ember Hyord bilan shov-shuvli ajrashishi natijasida boshlandi. Aktrisa sobiq erini zo‘ravonlikda ayblab, sudga berdi. Depp sud jarayonida yutqazdi — sud uni xotinini kaltaklaganlikda aybdor deb topdi. Shundan so‘ng Deppga nisbatan boykotlar e’lon qilindi. Mashhur studiya Warner Bros. va Disney ham u bilan shartnomasini bekor qildi.

Biroq aktyor taslim bo‘lmadi va sobiq rafiqasiga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi. Emberni tuhmatda ayblagan aktyor bu safar sudda yutib chiqdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jonni Depp kinoga qaytmoqda: aktyor yangi filmda Penelopa Krus bilan suratga tushadi