10:25 / 05.11.2024
30

O‘zbekiston Xitoy bilan kichik yadroviy reaktorlarni qo‘llashni o‘rganadi

O‘zbekiston Xitoy bilan kichik yadroviy reaktorlarni qo‘llashni o‘rganadi
Foto: O‘zatom
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Shanxaydagi EXPO 2024 ko‘rgazmasidagi ishtiroki doirasida Atom energiyasi agentligi rahbariyati China National Nuclear Corporation (CNNC) shu’ba korxonasi, Xitoy Milliy yadro korporatsiyasi Overseas Ltd bosh direktori Vey Fuqi bilan uchrashuv o‘tkazdi (CNOS). Bu haqda «O‘zatom» matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari belgilab olingan hamda atom energetikasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, uzoq muddatli hamkorlik tashabbuslar istiqbollari muhokama qilingan.

«Tashrif yakunida CNNC bilan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida o‘zaro hamkorlik qilish, Xitoyning atom elektr stansiyalari qurilishidagi ilg‘or tajribasini o‘zlashtirish imkoniyatlari, O‘zbekistonda Xitoy kichik modulli reaktorlarining (KMR) qo‘llanishini o‘rganish, uran rudasini qazib olish, qayta ishlash, shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish sohasidagi hamkorlik va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlarni eksport qilish va keyinchalik atom elektr stansiyalarida yoqilg‘idan foydalanish masalalarida kelishuvga erishildi», — deyiladi xabarda.

Xitoy tomoni O‘zbekistonda yadro dasturini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga to‘xtala turib, Xitoy tomoni yadro texnologiyalarining barcha yo‘nalishlarida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan.

Avvalroq “O‘zatom” agentligi direktori Azim Ahmadxo‘jayev respublikaning qator hududlarida kichik quvvatli atom elektr stansiyalarini qurish masalasi ko‘rib chiqilayotgani to‘g‘risida xabar bergandi. Bu stansiyalarni qurish uchun 14 ta potensial maydoncha oldindan baholab chiqilgan.

Respublikaning turli hududlarida kichik reaktorlarni yanada rivojlantirish uchun ushbu maydonlarni batafsil o‘rganish rejalashtirilgan. Baholash, albatta, mahalliy va xalqaro me’yoriy hujjatlar, atom elektr stansiyalari uchun maydonlarni tanlash bo‘yicha hujjatlar asosida amalga oshiriladi”, – dedi Ahmadxo‘jayev 15 oktyabr kungi konferensiyada so‘zlagan nutqida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Xitoy bilan kichik yadroviy reaktorlarni qo‘llashni o‘rganadi