
Joriy yilning 5-8 noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
Havo harorati asta-sekin pasayadi va 7-8 noyabrda kechalari 0-5 daraja iliqni, ba’zi joylarda 3 daraja sovuqqachani, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.
Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-6 noyabr kunlari respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 5-7 noyabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzagakelishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar