16:30 / 04.11.2024
137

Nodir Zoitov: “Shirin bilan hech qachon qo‘shiq kuylamayman”

Nodir Zoitov: “Shirin bilan hech qachon qo‘shiq kuylamayman”
Xonanda Shirinning turmush o‘rtog‘i, bastakor va xonanda Nodir Zoitov “Mening yurtim” telekanalining “Omon-omon” ko‘rsatuviga intervyu berdi. Intervyu davomida Nodir Zoitov hech qachon ayoli bilan qo‘shiq kuylamasligini va qizi Yasminning ismi tarixi haqida gapirdi.

Foto: YouTube
Shirin bir intervyusida men turmush o‘rtog‘im bilan ijod qilishni istayman-u, lekin u xohlamaydi, degani haqida aytib, buning sababi so‘ralganda bastakor shunday javob berdi:

— “Farhod va Shirin” guruhi tashkil topishidan avval Shirin yakka ijod qilardi, “Jonim ukamsan mani” qo‘shiqlari bilan tanilgandi. So‘ng Farhod bilan guruh bo‘lib kuyladi. Mening avvaldan birga qo‘shiq kuylash xohishim bo‘lmagan, endi ham yo‘q, kelajakda ham bo‘lmaydi. Lekin tanishlar, do‘stlar doim ana, endi er-xotin birga duet qilinglar, deb ko‘p aytishadi.

Foto: Instagram
— Qiz farzandli bo‘lsam, ismini Yasmin qo‘yaman, deb 6-sinfligimdayoq niyat qilganman. O‘sha vaqtlar bu ismni hech kimda eshitmagandim. To‘satdan Yasmin deb eshitib qolganman va yoqtirib qolganman. Farzandli bo‘lib, uni ilk bor qo‘limga olgach, 5-10 yoshga ulg‘ayib qolgandek bo‘ldim, mas’uliyat ortdi. Hozir ijtimoiy tarmoqlarda Yasmin qizim bizdan-da mashhurligini tan olamiz. Men ham, onasi ham u bilan barobar vaqt o‘tkazamiz. Qizim men bilan ko‘proq gaplashishni yaxshi ko‘radi, turib-turib dunyoda bo‘layotgan voqealar haqida ham gaplashib ham qolamiz (kulib).

Foto: Instagram

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Nodir Zoitov: “Shirin bilan hech qachon qo‘shiq kuylamayman”