Foto: The Times
AQSH va Janubiy Koreya yadroviy eksport hamda hamkorlik tamoyillari bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda AQSH Energetika vazirligi xabar berdi.
“AQSH va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi chuqur hamda uzoq yillik munosabatlarga muvofiq, 1 noyabr kuni har ikki davlat ham yadroviy eksport va hamkorlik tamoyillari bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash orqali fuqaroviy yadroviy hamkorlikni rivojlantirish orqali muhim bosqichga erishdi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Aniqlik kiritilishicha, tomonlar fuqarolik yadro texnologiyalari eksporti ustidan nazoratni kuchaytirgan.
“Ushbu memorandum ikki davlat poytaxtlarida yakuniy ko‘rib chiqiladi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin mamlakat Janubiy Koreyani mudofaa qilishga to‘liq sodiqligi va buning uchun har qanday vositalarni, jumladan, yadroviy qurolni ham qo‘llashga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Shu bilan birga, Pentagon rahbari Janubiy Koreya bilan keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar qayta tiklanishini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki davlatning “jangovar tayyorgarligini sezilarli darajada kuchaytiradi”. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi