14:31 / 05.11.2024
33

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasidagi “Maysiy” postida o‘zbek haydovchisini qozoq yigitlar pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. Transport vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.

Chegaradagi “S.Najimov – Kazigurt” nazorat-o‘tkazish punktida sodir bo‘lgan hodisa, shuningdek, “Kurmangazi” chegara o‘tish punktida Astraxan shahri yo‘nalishida yuk avtotransport vositalarining to‘planib qolish holati yuzasidan Qozog‘iston Transport vazirligi va boshqa tegishli idoralari bilan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralarda Qozog‘iston tomoni o‘zbek haydovchisiga jarohat yetkazish bilan bog‘liq hodisa tegishli organlar tomonidan nazoratga olinganini ma’lum qilgan.

Hozirda Turkiston viloyati Sariyog‘och tuman politsiya bo‘limi tomonidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 293-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan, gumondor shaxs bo‘lgan Qozog‘iston fuqarosi qidirilmoqda.

“Kurmangazi” chegara o‘tish punktida avtotransport vositalarining to‘planib qolishi holatini oldini olish bo‘yicha esa Qozog‘iston mas’ullari barcha tegishli choralarni ko‘rmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi