
Toshkent shahrida jonga tegadigan darajada daxshatli voqea ro‘y berdi.
Bunga sabab – xususiy bog‘chada sodir bo‘lgan shafqatsiz munosabat va natijada voyaga yetmagan bolaning o‘limi. “Jajji nihollar” nomli xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida 2 yoshli bola Zubayr Anvarjonov o‘zining tarbiyachisi tomonidan shafqatsiz qiynoqqa uchrab, hayotdan ko‘z yumdi.
Sud hujjatlarida qayd etilishicha, 1997 yilda tug‘ilgan Laylo Alimova ushbu bog‘chada tarbiyachi sifatida ishlagan. 1957 yilda tug‘ilgan Vazira Giyazova esa uslubchi lavozimida faoliyat yuritgan.
Jinoiy ish materiallariga ko‘ra, 2024 yil 9 dekabrdan 11 dekabrgacha bo‘lgan davrda bola nafaqat beg‘araz, balki zo‘ravon tarbiya ta’siri ostida qolgan. Giyazova ovqat yemay qo‘ygani uchun bolani boshidan urgan, kiyimidan tortib sudragan va so‘ngra qattiq urib, uni kravatga tashlab yuborgan.
Laylo Alimova esa tushlikda uxlamagan bolaga nisbatan yanada yovuz muomala qilgan. U bolani bir necha marta ko‘tarib, yerga uloqtirgan. Og‘ziga choyshab tiqqan, bo‘ynidan bo‘g‘gan va orqasiga tepgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu harakatlarni “jahl ustida” qilgan. Sudda aybini to‘liq tan olgan va yuragidan afsus bildirgan. Ammo afsus hech narsani o‘zgartira olmadi. Bolaning hayoti yakun topdi. Alimovaning bayonotiga ko‘ra, 11 dekabr kuni Zubayr uxlamasdan xonada yig‘lab turgan. Shu payt u bolani oyog‘i bilan tepgan. Tana devorga urilib tushgan. So‘ngra ko‘tarib kravatga uloqtirgan. Bu paytda xonaga Giyazova kirib, bolani yana urib, “uxla, o‘ldiraman” degan. Ko‘p o‘tmay, tarbiyachi yana bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilgan. Qo‘li bilan yuziga urgan, tinimsiz urishni davom ettirgan. Oradan vaqt o‘tib, u bolani yana uloqtirgan. Qo‘rqinchli so‘zlar bilan tahdid qilgan. Hatto oynadan tashlab yuborish bilan ham qo‘rqitgan. Bu shunchaki bir zo‘ravonlik emas, balki jiddiy ruhiy va jismoniy tazyiq edi.14:21 larda esa u Zubayrning oldiga stulda o‘tirgan. U uxlamasdan yig‘lab turgani uchun, og‘ziga o‘z choyshabini tiqqan. Yuziga urgan, qo‘li bilan og‘zini yopgan, bir necha marta bo‘g‘gan. Bu harakatlar bolaning hayot faoliyatiga zarar yetkazgan.Oxir-oqibat, bola harakatsiz holatga kelgan. Qo‘rqib ketgan tarbiyachi uni hojatxonaga olib borib yuzini yuvgan. So‘ngra joyiga yotqizgan. Ammo bola hali ham jonsiz yotardi. U boshqa xodimlarni chaqirgan. Tez yordam chaqirilgan.Shifokorlar kelib, bolani shifoxonaga olib ketishgan. Ammo kech bo‘lgan edi.2024 yil 14 dekabr kuni Zubayr Anvarjonov shifoxonada vafot etdi. Sud jarayonida Laylo Alimova Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga asosan aybli deb topildi.Unga nisbatan 6,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Giyazova esa 110-modda 2-qismi “a” va “v” bandlariga ko‘ra aybli deb topilib, 3 yil ozodlikni cheklash jazosini oldi. Bu voqea nafaqat bolaning yaqinlari, balki butun jamiyat uchun qattiq silkinish bo‘ldi. Ota-onalarning ishonchini suiiste’mol qilgan tarbiyachilar endi jazo olishdi. Lekin ushbu hodisadan so‘ng bitta savol ochiq qoladi: bu kabi shafqatsizliklar qanday qilib fosh bo‘lmayapti?Bog‘chalarda nazorat mexanizmlari qay darajada samarali?Bir bolaning hayoti qurbon bo‘ldi. Undan boshqalarni asrash esa jamiyatning burchidir.
Bunday fojealar takrorlanmasligi uchun, barcha xususiy va davlat muassasalarida ichki nazoratni kuchaytirish zarur.Yangi texnologiyalar, videokuzatuv, pedagogik testlar va bolalar bilan ishlashga ruxsatnomalar – bularning barchasi qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
O‘g‘il yoki qizini bog‘chaga topshirgan har bir ota-ona, uni xavfsiz qo‘llarga berganiga ishonch hosil qilishni istaydi.
Ammo bu ishonch qay darajada oqlanayapti – bu savolning javobini jamiyat beradi. Bu voqea – ta’lim muassasalaridagi mas’uliyatsizlik va shafqatsizlikka qarshi jiddiy signal. Har bir bola sevgi, mehr va ehtiyoj bilan tarbiyalanishga haqli. Zubayr Anvarjonovning hayotining qisqaligi esa barcha uchun og‘ir dars bo‘lib qoladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar