Hukumatning 2025 yil 15 oktyabrdagi 642-sonli qaroriga muvofiq, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlashni yakunlaganlikni tasdiqlovchi yagona namunadagi elektron guvohnoma joriy etildi.
Endilikda avtomototransport va shahar elektr transporti haydovchilarini o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan fuqarolarga guvohnoma imtihon komissiyasi bayonnomasi asosida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Elektron guvohnomalar “eavtotalim.uz” platformasi orqali Yagona axborot tizimida avtomatik tarzda shakllantiriladi va tadbirkorlik subyektlariga real vaqt rejimida taqdim etiladi.
Eng muhimi — guvohnoma rasmiylashtirish uchun hech qanday to‘lov yoki yig‘im undirilmaydi. Bu yangilik haydovchilar uchun qulaylik yaratish va xizmatlarni raqamlashtirish sari qadam hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!