date

Mbappe «Real»da sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Mbappe «Real»da sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Fransiyalik yulduz Kilian Mbappe Madridning «Real» jamoasida sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Bu haqda klubning rasmiy sayti ma’lum qildi.

«Yana oy futbolchisi deb tan olinish — bu ajoyib his. Biz ko‘p o‘yinlarda zafar quchdik, ko‘p gol urdik. Jamoamizning o‘yini va natijalari bilan mamnunman. Shu ruhda harakatni davom ettiramiz, degan umiddaman», — dedi Mbappe klub sayti orqali.

Qayd etish kerakki, 26 yoshli hujumchi bu mukofotni «Real» safida ikkinchi oy ketma-ket qo‘lga kiritmoqda. Undan avval u Chempionlar ligasining 2-turida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi hamda La Liganing sentyabr oyi futbolchisi deb topilgan edi.

Joriy mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol muallifiga aylandi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe «Real»da sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi