date

Qaysi hududlar ishbilarmonlik faolligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi?

Qaysi hududlar ishbilarmonlik faolligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi?

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2025-yil sentabr oyida 1162 birlikni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich avgust oyiga nisbatan 16,2 foizga, o‘tgan yilning shu davriga qaraganda esa 18,5 foizga yuqorilagan.

O‘sish nimaga bog‘liq?

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ishbilarmonlikning oshishiga bir nechta omillar ta’sir ko‘rsatgan:

  • Bank operatsiyalari sonining 2,3 foizga ortishi;
  • Tovar-xom ashyo birjasida savdoning 38 foizga ko‘payishi;
  • Tovar belgilari ro‘yxatga olishdagi faollik 13,8 foizga o‘sgan.

Biroq shunga qaramay, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar sonida 1,3 foizlik pasayish qayd etilgan. Bu esa umumiy ko‘rsatkichga jiddiy ta’sir qilmagan.

Qaysi hududlar yetakchi?

Hududlar kesimida esa Andijon viloyati ishbilarmonlik faolligi bo‘yicha 44,6 foizli o‘sish bilan birinchi o‘rinda turmoqda. Undan keyin:

  • Xorazm – 42,9 %,
  • Jizzax – 41,8 %,
  • Toshkent viloyati – 41,3 %.

Bu natijalar viloyatlarda iqtisodiy muhit yaxshilanib borayotganidan darak beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qaysi hududlar ishbilarmonlik faolligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi?