date

MobiUz xususiylashtirilishiga 10 investor qiziqmoqda

MobiUz xususiylashtirilishiga 10 investor qiziqmoqda
Universal Mobile Systems (MobiUz brendi) kompaniyasining xususiylashtirilishiga 10 ta kompaniya qiziqish bildirdi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) ma'lum qildi.

Ularning barchasi majburiy bo'lmagan narx takliflari (NBO) bilan ariza bergan. Xususiylashtirish jarayonida xalqaro kompaniyalar ishtirok etmoqda.

Rothschild & Co strategik va moliyaviy maslahatchi sifatida, KPMG moliyaviy, soliq va yuridik ekspertiza uchun, Deloitte esa mustaqil baholash uchun mas'ul. Jarayonning birinchi bosqichida AQSh, Yevropa, Yaqin Sharq, Janubiy Kavkaz va Osiyodan 15 ta kompaniya qiziqish bildirgan edi.

Hozirda NBO bosqichini o'tgan nomzodlar majburiy takliflarni (BO) taqdim etishga tayyorlanmoqda. Ular kompaniyaning batafsil tahliliy hisobotlari va audit natijalari joylashgan virtual ma'lumotlar xonasiga kirish imkoniga ega.

Majburiy takliflar 2025-yil 19-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:59 da yakunlanadi. Ishtirokchilar E-auksion platformasi orqali taklif summasining kamida 1 foiziga teng kafolat to'lovini amalga oshirishlari kerak.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi barcha ishtirokchilarga qiziqish bildirgani uchun minnatdorchilik bildirdi va xususiylashtirish jarayoni shartlarini o'zgartirish yoki to'xtatish huquqini o'zida saqlab qolishini ta'kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » MobiUz xususiylashtirilishiga 10 investor qiziqmoqda