
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn mavsumning birinchi yarmi yakunidagi so'nggi o'yindan keyin intervyu berdi. Vensan Kompani boshqaruvidagi jamoa Bundesliga doirasida "Haydenhaym"ni 4:0 hisobida yirik mag'lub etdi.
Uchrashuvda angliyalik to'purar bir gol muallifiga aylandi. Keyn 2025 yil taassurotlari haqida to'xtalar ekan, yozda nihoyat o'z faoliyatidagi ilk jamoaviy sovrinni qo'lga kiritganini alohida voqea sifatida qayd etdi.
Shuningdek, u Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida maydonga tushish ham yoqimli bo'lganini aytdi. "Hozir barcha musobaqalarda yaxshi ketayapmiz.
Hammasi oxir-oqibat qanday yakunlanishini ko'ramiz. Umid qilamanki, shu ruhda davom etamiz", dedi Keyn o'yindan keyingi muloqotda.
"Bavariya"ning navbatdagi uchrashuvi 11 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Raqib "Volfsburg" bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.