date

Qoraqalpog‘istonda Yoshlar iqtisodiy markazi ochiladi

Qoraqalpog‘istonda Yoshlar iqtisodiy markazi ochiladi
Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaroriga tayanib Adliya vazirligi xabar berdi.

Markaz hududida IT-universitet tashkil etish, texnoparklar va innovatsion qo‘llab-quvvatlash guruhlarini ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, yoshlarga bandlik yaratish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari tashkil qilinadi.

Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklida markaz direksiyasi tuziladi. Bundan tashqari, ijtimoiy soha ob’ektlari investor tomonidan davlat organlariga beg‘araz ravishda topshirilishi nazarda tutilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qoraqalpog‘istonda Yoshlar iqtisodiy markazi ochiladi