date

O‘zbekistonning 23 oliygohi Osiyoning eng yaxshilari qatorida

O‘zbekistonning 23 oliygohi Osiyoning eng yaxshilari qatorida
2026 yil uchun QS Asia University Rankings reytingida O‘zbekistonning 23 ta oliy ta’lim muassasasi o‘rin oldi. Ushbu reytingga ko‘ra, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti eng yuqori natijani qayd etib, Osiyoda 103-o‘rinni 67,4 ball bilan egalladi.

Shuningdek, 200 talik ro‘yxatida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 180-o‘rinni, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti esa 274-o‘rinni band etdi. 500 talik ichida Toshkent davlat texnika universiteti (301-o‘rin) va Samarqand davlat universiteti (307-o‘rin) ham bor.

Qolgan oliygohlar, jumladan, axborot texnologiyalari universitetlari hamda Farg‘ona, Buxoro va Urganchdagi mintaqaviy universitetlar 550+ va 1300 oralig‘idagi o‘rinlarni egallagan. Reytingning mutlaq yetakchisi yana Singapur Milliy universiteti (NUS) bo‘ldi.

Shuningdek, kuchli o‘ntalikdan Gonkong, Xitoy va Janubiy Koreya universitetlari o‘rin egalladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonning 23 oliygohi Osiyoning eng yaxshilari qatorida