date

Koʻmir qozonlari Toshkentdan koʻchiriladi

Koʻmir qozonlari Toshkentdan koʻchiriladi
Oʻzbekistonda filtrsiz ishlaydigan koʻmir qozonlari foydalanishi toʻxtatiladi va ular Toshkentdan tashqariga koʻchiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatida maʼlum qildi.

Davlat rahbarining aytishicha, hozirda Toshkent va Toshkent viloyatida qariyb 2 mingta issiqxona koʻmir va gaz yordamida isitiladi. Ushbu tizimni modernizatsiya qilishni qoʻllab-quvvatlash uchun kamida 200 gektar maydonni qamrab oluvchi agroklasterlar tashkil etiladi.

Agroklasterlarga kiruvchi issiqxonalar alohida subsidiyalar olish imkoniyatiga ega boʻladi. Prezident atrof-muhitni muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va yashil energetika rivojlanishiga alohida urgʻu berdi.

Yirik korxonalar atmosferaga chiqindilarni kuzatish, filtrlar va tozalash inshootlarini oʻrnatish uchun 100 million dollarlik kredit liniyasidan foydalanishlari mumkin boʻladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Koʻmir qozonlari Toshkentdan koʻchiriladi