17:51 / 27.01.2018
5 929

Qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalanish boshlanmoqda

Qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalanish boshlanmoqda
«O‘zbekoziqovqatxolding» XK ilk «Ptero G1» uchuvchisiz aviatsiya tizimlarini qabul qilib oldi. Ayni damda ushbu tizimlar hujjatlarini rasmiylashtirish va sinov jarayoni davom ettirilmoqda. Bu haqda XK axborot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Bundan tashqari, «Bespilotnыe texnologii» MChJ kompaniyasi uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining quyidagi xizmat turlarini taklif etadi:

Qishloq xo‘jaligida:

- qishloq xo‘jaligi yer maydonlari monitoringi va o‘lchovini olib borish, shu jumladan sabzavot, poliz ekinlari, uzum, kartoshka hamda bog‘lar;
- qishloq xo‘jaligi ekinlari, shu jumladan sabzavot, poliz mahsulotlari, uzum, kartoshka va bog‘larning unib chiqishi hamda yetilishini baholash, shuningdek, ularning rivojlanish sur’atlarini kuzatish;
- fermer va dehqon xo‘jaliklaridan meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari hamda uzumni davlat buyurtmasi bo‘yicha xarid qilish borasida shartnomalar bajarilishini monitoring qilish;
- haydaladigan yerlar va bo‘sh turgan yer maydonlarini aniqlash;
- yer holatini baholash;
- kutilayotgan hosilga erishish uchun agrotexnologik ishlar kompleksini rejalashtirish va boshqalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalanish boshlanmoqda