O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 iyul kuni «Mediatsiya to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Mazkur qonun mamlakatda fuqarolik-huquqiy nizolarni sudga qadar hal etishning muqobil usullaridan biri hisoblangan mediatsiya institutini joriy etishni ko‘zda tutadi.
Qonunda “mediatsiya”, “mediator” kabi tushunchalarga izoh berilib, mediatsiya institutini qo‘llash tartiblari va shartlari keltirib o‘tilgan. Jumladan, qonunning 15-moddasiga ko‘ra, mediatsiya suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida ko‘rish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar qo‘llanilishi mumkin.
«Mediatsiya to‘g‘risida"gi qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 12 iyunda qabul qilingan va Senat tomonidan 28 iyunda ma’qullangan. Ushbu Qonun 2019 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Sudyalar ish hajmini kamaytirish, shu orqali odil sudlovni ta’minlashning samaradorligi va sifatini oshirishning muhim usullaridan biri fuqarolik-huquqiy nizolarni sudga qadar hal etishning muqobil usullarini, jumladan, mediatsiya institutini rivojlantirishdir.
Mediatsiyaning maqsadi — nizolashuvchi taraflarning nizolarini mustaqil, o‘zaro foydali shartlar asosida hal etish imkoniyatini topishga ko‘maklashish. Uning asosiy tamoyillariga ixtiyoriylik, taraflarning tengligi, betaraflik, mediatorning xolisligi, maxfiylik kabilar kiradi.
Mediatorlar dalillarni tekshirmaydi va taraflarning talablari qonuniyligiga baho bermaydi, aksincha taraflar o‘rtasida bir-birlarini tushunishga, o‘zaro maqbul shartlarda muammoni hal etish imkoniyatlarini izlash va hal etishga ko‘maklashadi.
Mediatsiya jarayoni, majburiylik kuchiga ega bo‘lmagan, taraflarning ixtiyoriyligiga asoslangan konfidensial jarayon. Bu nizolashayotgan taraflarning o‘z ixtiyorlariga ko‘ra tanlab olingan, betaraf uchinchi shaxsning vositachiligida, shartnomaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizoni o‘zaro murosa — yarashuv yo‘li bilan huquqiy asosda hal etishdir.
Betaraf uchinchi shaxs — mediator aslida sudya ham, arbitr ham emas va kelib chiqqan nizo yuzasidan hech qanday mustaqil qaror ham qabul qilmaydi. Hakamlik sudidan u aynan shu jihati bilan farq qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi