O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi shu yilning birinchi yarmida mamlakat aholisi 0,7 foizga yoxud 243,4 ming kishiga ko‘payganini bildirmoqda.
Olti oy vaqt ichida 104,9 mingta nikoh va 16,4 mingta ajralishlar ro‘yxatga olindi. Shuningdek, 75,6 mingta vafot etganlar qayd etildi. Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2018 yil 1 iyul holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida 3753,3 ming kishini va Farg‘ona viloyatida 3644,9 ming kishini, aksincha eng kam aholi soni Navoiy viloyatida 964,7 ming kishi (2,9 %) va Sirdaryo viloyatida 821,9 ming kishini (2,5 %) tashkil etdi.
Hududlar kesimida aholining eng yuqori o‘sish sur’ati 2017 yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida 2,1 foizni, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida 2,0 foizni, Jizzax viloyatida 1,9 foizni, Namangan viloyatida 1,8 foizni, aksincha eng kam o‘sish sur’ati Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1,4 foizni va Toshkent viloyatida 1,2 foizni tashkil etdi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi