4 462
Oʻzbekiston koʻpkari boʻyicha butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlari yarim finaliga chiqdi
Avvalroq Oʻzbekiston terma jamoasi Qirgʻiziston Respublikasining Choʻlpon-Ota shahrida boʻlib oʻtayotgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida ishtirok etayotgani haqida maʼlum qilgan edik.
Musobaqaning ilk kunida Oʻzbekistonlik sportchilar 11ta medalni qoʻlga kiritishgan edi. 5-sentyabr kuni oʻtkazilgan oʻyinlarning uchinchi kunida qirgʻiz kurashi boʻyicha bahslarda yurtdoshlarimiz Mirkomil Axadqulov (-60 kg) va Aʼzamjon Anvarjonov (-96 kg) bronza medalini qoʻlga kiritishdi. Bu haqda Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Oʻyinlar davomida barcha katta qiziqish bilan kuzatib borayotgan uloq koʻpkari bahslarida ham Oʻzbekiston koʻpkari boʻyicha milliy terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston koʻpkari boʻyicha milliy terma jamoasi 2018-yil 3-sentyabr kuni oʻtkazilgan Boshqirdiston Respublikasi bilan oʻyinda 20:2 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa, 5-sentyabrda Fransiya jamoasini 19:6 hisobda mablugʻ etib yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, 2-sentyabrdan 8-sentyabrga qadar davom etadigan mazkur musobaqada dunyoning 66 davlatidan tashrif buyurgan 1556 nafar sportchi medallar uchun bahs olib bormoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasi 13 ta sport turi boʻyicha 58 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi