14:14 / 15.10.2018
3 785

Putin: “O‘zbekiston — Rossiyaning strategik hamkori va ittifoqchisi”

Putin: “O‘zbekiston — Rossiyaning strategik hamkori va ittifoqchisi”
Foto: Kreml matbuot xizmati.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonning ushbu mamlakatga yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi B. Asadovdan ishonch yorlig‘ini qabul qilib olish vaqtida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar tarqatdi.

“O‘zbekiston — Rossiyaning strategik hamkori va ittifoqchisi. Ikki tomonlama aloqalarimiz siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar sohalarda chuqurlashmoqda. Kelgusi haftada Toshkentga tashrifim chog‘ida Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bilan keng miqyosda muzokaralar olib boramiz va ularning natijalari bo‘yicha hukumatlararo va tijoriy hujjatlar imzolanadi”, deya alohida ta’kidlagan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Putin: “O‘zbekiston — Rossiyaning strategik hamkori va ittifoqchisi”