2018 yilning iyul – sentyabr oylarida aholi tomonidan sezilgan qisqa muddatli inflyatsiya indeksida koʻtarilish kuzatildi. Markaziy bank “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va korxonalarining inflyatsion kutilmalari” nomli hisobotni eʼlon qildi.
Unga koʻra, joriy yil III choragida iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalar boʻyicha oʻtkazilgan soʻrovlar natijalariga koʻra inflyatsiyaning aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan sezilgan va kutilayotgan darajalarida sezilarli oʻzgarishlar kuzatildi.
Jumladan, yilning birinchi yarmidagi pasayishdan soʻng mazkur koʻrsatkichlar iyul oyidan boshlab oshib bordi.
Hisobot davrida aholi tomonidan sezilgan qisqa muddatli inflyatsiya indeksida koʻtarilish kuzatildi.
“Joriy sezilgan inflyatsiya indeksi yil boshidagi koʻrsatkichlarga nisbatan past darajada boʻlsa ham uning oʻsish dinamikasi davom etmoqda, bu oʻz navbatida, kelgusidagi inflyatsion kutilmalarga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin”, — deyilgan hisobotda.
Hisobotda aytilishicha, sentyabr oyida soʻrovda ishtirok etgan jismoniy shaxslar “Qaysi asosiy tovar va xizmatlarning narxi yuqori darajada oshdi?” savoliga asosan pomidor, mol goʻshti, guruch va qoʻy goʻshtini belgilaganlar.
Shuningdek, ushbu oyda avvalgi oylardan farqli ravishda kartoshka, bugʻdoy uni, non, tovuq goʻshti, sabzi narxlari oshganini koʻrsatgan respondentlar ulushi sezilarli darajada ortgan.
Oxirgi oylarda goʻsht va guruchning narxlarida sezilarli oʻzgarish qayd etilmagan boʻlsa-da, iyul- sentyabr mobaynida aholi tomonidan aynan ushbu mahsulotlar narxlarining yuqori darajada oshganligi qayd etilgan.
Bu holat aholining baʼzi isteʼmol tovarlari narxlarining oshishiga boʻlgan taʼsirchanlik darajasi yuqoriligini va bu taʼsir narxlar sezilarli darajada oʻzgarmasa ham maʼlum bir muddat saqlanib qolinishini koʻrsatmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi