17:23 / 20.11.2018
3 953

21 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

21 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-3, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘ardan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi kutilmoqda. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi kutilmoqda. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » 21 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti