O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etilgan. Yangi vazirlik tarkibiga Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Tashqi savdo vazirligi qo‘shilgan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi farmoni bilan Sardor O‘ktamovich Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tashqi savdo vaziri sifatida ishlab kelgan Jamshid Xo‘jayev qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimini egallagani xabar berilgandi.
Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosari —Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksining rahbari Suhrob Xolmurodov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi