O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga tenglashtirilgan holda oshiriladi. Bu haqda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev ma’lum qildi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda 577 172 so‘mni tashkil etuvchi MHTEKM o‘rniga «bazaviy hisob-kitob o‘lchovi» termini joriy etiladi.
«Hozirda ishsizlik nafaqasini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori darajasigacha oshirmoqdamiz. Bu ko‘rsatkichni bazaviy hisob-kitob o‘lchovi deb ataymiz. Davlat xalq oldidagi konstitutsion majburiyatini bajarishi uchun odamlarni ish bilan ta’minlashimiz kerak. Buni qila olmadikmi, nafaqa to‘lashimiz shart. Iqtisodiy richag ishlashi uchun ishsizlik nafaqasini oshirishimiz kerak », – dedi Kubdiyev.
U shu bilan birga hozirda «iqtisodiy funksiyasini bajarmayotganligi» sababli deyarli hech kim ishsizlik nafaqasi so‘rab murojaat qilmayotganligini qayd etdi. Nafaqa undirishga erishganlar esa «asosan eng kam ish haqiga teng miqdorda – 202730 so‘m» nafaqa olishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi