O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yili Shveysariyaning Davos shahrida tashkil etiladigan va shu nom bilan ataladigan xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etish uchun taklif etilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligining Davlat suveren, korporativ qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi boshlig‘i Temurmalik Narziqulovga tayanib Kun.uz nashri ma’lum qildi.
«Diqqatga sazovor Xalqaro iqtisodiy forum tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan Davos forumida ishtirok etish uchun Shavkat Mirziyoyev nomiga taklifnoma kelib tushgan. Bu O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va investitsion muhitini jahonga tanitish uchun yaxshi imkoniyat. Ayni paytda esa davlat rahbarining ishtiroki borasida yakuniy javob berilmagan. O‘ylaymanki, ushbu imkoniyatdan oqilona foydalanamiz», — deydi u.
Ma’lumot uchun, xalqaro anjuman 1971 yilda tashkil etilgan Xalqaro iqtisodiy forum nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan, 1988 yili imzolangan Davos deklaratsiyasidan so‘ng, muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Unda siyosatchi, davlat arboblari, iqtisodchi va turli sohalarning yetuk mutaxassislari global siyosatga oid mavzularda muhokamalarda ishtirok etadi. So‘nggi marta forum ishtirokchilari to‘rtinchi sanoat inqilobi mavzusida suhbatlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi