11:57 / 23.08.2019
4 037

Senat yalpi majlisida qanday masalalar ko‘rilmoqda?

Senat yalpi majlisida qanday masalalar ko‘rilmoqda?
Bugun, 2019 yil 23 avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi ochildi.
Majlis kun tartibiga 26 masala kiritilgan. Shundan 16 tasi qonun va qolgani Senat vakolatiga doir boshqa masalalardir.

Jumladan, yalpi majlisda:
- «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi;
- «Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi;
- «Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida»gi;
- «Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida»gi;
- «Moddiy madaniy meros ob’ektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi;
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi byudjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlari ko‘rib chiqiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Senat yalpi majlisida qanday masalalar ko‘rilmoqda?