13:30 / 07.11.2019
2 678

Prezident qarori bilan Adliya vazirligiga qoʻshimcha vazifa yuklandi

Prezident qarori bilan Adliya vazirligiga qoʻshimcha vazifa yuklandi
“Huquqiy monitoringning zamonaviy mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga koʻra, qaror bilan qonun hujjatlarini amaliyotda qoʻllash samaradorligini tahlil qilish va ularning funksionalligini aniq mezonlar asosida baholash tizimini yaratildi. Shuningdek, norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrtasidagi oʻzaro aloqa tizimi takomillashtirildi.

Mazkur ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida, Adliya vazirligi davlat boshqaruv organlarining huquqiy monitoringni oʻtkazish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

Shuningdek qaror bilan huquqiy monitoring tizimining asosiy vazifalari belgilab berildi. Jumladan:



normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining yagona amaliyotini joriy etish;

huquqni qoʻllash amaliyotning normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish maqsadlariga muvofiqligini oʻrganish;

ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning toʻliqligini taʼminlash, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlardagi korrupsiyaga oid omillarni aniqlash va bartaraf etish kabi boshqa yana bir qator vazifalar belgilandi.

Maxsus vakolatli organ sifatida Adliya vazirligiga davlat boshqaruv organlari tomonidan oʻtkaziladigan huquqiy monitoring jarayonida ishtirok etish, huquqiy monitoringni oʻtkazishda qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish kabi qoʻshimcha vakolatlar berildi. Hozirda Adliya vazirligining markaziy apparatida huquqiy monitoring boʻyicha maxsus boʻlim tashkil etildi, ushbu boʻlim qarorda belgilab berilgan asosiy vazifalarni ijrosini sifatli va oʻz vaqtida taʼminlab berishga xizmat qiladi.

Qarorga muvofiq, respublikada huquqiy monitoring Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan huquqiy monitoring oʻtkazish rejasi asosida amalga oshiriladi.

Jumladan, mazkur reja Adliya vazirligi tomonidan davlat boshqaruv organlari taqdim etgan takliflar asosida shakllantirilishi hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilingan holda tasdiqlanishi nazarda tutilgan.

Huquqiy monitoringni oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlar maxsus elektron maydonchada amalga oshiriladi.

Huquqiy monitoring oʻtkazishni tashkil etish va muvofiqlashtirish davlat organlarining yuridik xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Adliya vazirligi davlat boshqaruvi organlari tomonidan huquqiy monitoring oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanlab olib, ularni sifatini yanada yaxshilash maqsadida takroriy huquqiy monitoring oʻtkazishi mumkin. Bu ham davlat organlarining masʼuliyati oshishiga xizmat qiladi.

Davlat boshqaruvi organlari tomonidan oʻtkazilgan huquqiy monitoring natijalarini tahlil qilish hamda tegishli chora-tadbirlar belgilash maqsadida ular toʻgʻrisidagi hisobot Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilinadi.

Huquqiy monitoring natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ommaviy axborot vositalarida ham eʼlon qilinishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident qarori bilan Adliya vazirligiga qoʻshimcha vazifa yuklandi