17:30 / 07.11.2019
2 662

Yongʻin oʻchirish amaliy sporti boʻyicha kompleks dastur tasdiqlanadi

Yongʻin oʻchirish amaliy sporti boʻyicha kompleks dastur tasdiqlanadi
Oʻzbekistonda yongʻin oʻchirish amaliy sportini rivojlantirish hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sportni takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga koʻra, yongʻin oʻchirish amaliy sportining moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash boʻyicha Kompleks dastur hamda zamonaviy sport majmualarini 2020-2022-yillarda yangidan qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha Kompleks dastur tasdiqlanadi.

Kompleks dasturni amalga oshirish doirasida ustuvor yoʻnalishlar va vazifalar etib quyidagilar belgilanadi:

- yongʻin-qutqaruvchilarning jismoniy va kasbiy mahoratini oshirish;

- kasbiy sport turi faoliyatini takomillashtirish orqali yongʻin-qutqaruvchi kasbini yoshlar orasida ommalashtirish;

- yongʻin oʻchirish amaliy sportining moddiy-texnik va oʻquv-mashgʻulot bazasini rivojlantirish;

- ilgʻor jahon tajribasi asosida yongʻin oʻchirish amaliy sportini rivojlantirish uchun zamonaviy sport inshootlarini barpo etish, mavjud sport inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda zamonaviy sport texnikalari va anjomlari bilan taʼminlash.

Kompleks dasturlarni, shuningdek, kelgusida yongʻin oʻchirish amaliy sportini rivojlantirishni moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilanadi:

- Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosli hisob kitobiga muvofiq har yili Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan byudjet mablagʻlari;

- Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari;

- Xalqaro moliya institutlari, xorijiy moliya tashkilotlarining vakillari hamda donor mamlakatlarning kredit va grantlari;

- qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini yaratishga koʻmaklashish maqsadida dasturga kiritilgan sport majmualarini qurish va rekonstruksiya ishlari yakuniga yetganidan soʻng, vazirlikning tasdiqlangan hisob-kitoblari boʻyicha boshqa vazirlik va idoralarga shartnoma asosida hamda fuqarolarga naqd pul hisobida foydalanish uchun berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullanadi.

Andijon, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda sport-sogʻlomlashtirish komplekslarini qurish uchun yer uchastkalari ajratadi.

Yongʻin oʻchirish amaliy sportini rivojlantirish, yongʻin-qutqaruvchilarning jismoniy va kasbiy mahoratini oshirish maqsadida, Navoiy shahridagi Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi “Soʻgʻdiyona” sport majmuasi hamda Xorazm viloyati Urganch tumanidagi Xorazm viloyati hokimligi tasarrufidagi sport majmuasi binolari va unga tegishli hududi bilan bepul Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufiga beriladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga:

- dasturda belgilangan sport-sogʻlomlashtirish komplekslarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlanishi, tegishli tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilishi, kelishilishi hamda ekspertizadan oʻtkazilishi taʼminlaydi;

- kompleks dasturlarni toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlar olib boradi;

- tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2020-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Xalqaro yongʻin oʻchiruvchilar va qutqaruvchilar konferensiyasi”ga hamda 2021-yilning sentyabr oyida Samarqand shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Yongʻin oʻchiruvchilar va qutqaruvchilar sporti boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi XVII hamda ayollar oʻrtasidagi VIII Jahon chempionatlari”ni yuqori saviyada oʻtkazilishi boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;

- doimiy ravishda yongʻin oʻchirish amaliy sporti boʻyicha milliy terma jamoani jahon va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlash maqsadida, xorijiy davlatlarning mazkur sport turi boʻyicha iqtidorli murabbiylarini taklif qilish, ular ishtirokida milliy terma jamoa murabbiylari hamda terma jamoaga nomzod sportchilar bilan amaliy mahorat saboqlari hamda namunali oʻquv-yigʻinlarini oʻtkazilishi tashkil etadi;

- vazirlik tizimida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin va uning faoliyati yoʻlga qoʻyilsin. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasining nomi “Semurgʻ” deb belgilaydi;

- yongʻin-qutqaruvchi kasbini yoshlar orasida ommalashtirish, shuningdek, milliy terma jamoaga munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida,

yongʻin oʻchirish amaliy sporti boʻyicha xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan taqdirda imtiyoz asosida ishga qabul qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yongʻin oʻchirish amaliy sporti boʻyicha kompleks dastur tasdiqlanadi