10:15 / 19.11.2019
2 867

“Titan Travel” O‘zbekistonni 2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shdi

“Titan Travel” O‘zbekistonni 2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shdi
“Titan Travel” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Borneo va Kosta-Rika bilan bir qatorda 2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali va ekzotik yo‘nalishlardan biri sifatida tan olindi.

2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali davlatlarning Top-20 ro‘yxatidan AQSh, Kanada, Italiya, Hindiston, Janubiy Afrika, Avstriya, Vetnam, Yaponiya, Xitoy, Avstraliya, O‘zbekiston, Misr, Ispaniya, Kosta-Rika, Borneo, Gretsiya, Sloveniya, Kuba, Peru va Islandiya mamlakatlari o‘rin olgan.

“Reytingni tuzish davomida alohida mamlakatlarning turizm salohiyati o‘sayotganini kuzatdik. Masalan, O‘zbekiston Top-20 ro‘yxatiga kiritildi, Kosta-Rika 14-pog‘onaga yuqoriladi Borneo birinchi marta yigirmatalikdan o‘rin oldi”, - deydi “Titan Travel” boshqaruvchi direktori Endi Skvirell.

Reyting mehmonxonalarni band qilish, ekspertlar hamda sayohatchi-jurnalistlar fikri asosida tayyorlangan.
Endi Skvirellning ta’kidlashicha, bugungi kunda tashkilot 70 mamlakat hamda 7 qit’ani o‘zida mujassam qilgan 300 dan ortiq yo‘nalishni taklif qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Titan Travel” O‘zbekistonni 2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shdi