12:50 / 29.11.2019
2 912

Shavkat Mirziyoyev Sooronboy Jeenbekov bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Sooronboy Jeenbekov bilan uchrashuv o‘tkazdi
Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida 29 noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari izchil kengayib, mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Turli darajalardagi aloqalar faollashgani, tovar ayirboshlash ortayotgani, gumanitar almashinuvlar jadallashgani alohida ta’kidlandi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Tomonlar Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Toshkentdagi maslahat uchrashuvi mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirish hamda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shishiga ishonch bildirdilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Sooronboy Jeenbekov bilan uchrashuv o‘tkazdi