18:27 / 10.06.2020
2 681

Mamlakatimizda koronavirusdan sog‘ayganlar soni oshdi

Mamlakatimizda koronavirusdan sog‘ayganlar soni oshdi
Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 15 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasida 1 nafar, jami 29 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 9 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi 25 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahri va viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatidan 1 nafardan bo‘lsa, 3 nafari Farg‘ona va Namangan viloyatidan, 2 nafardan Samarqand va Andijon viloyatilaridan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 6 nafari erkak, 7 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 64 yoshda, kichigi esa 28 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 4 nafari Toshkent viloyatidan, 6 nafari Toshkent shahridan, Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan esa 1 nafardan.

Shuningdek, 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 28 yoshli 1 nafar poytaxtlik ayol shifo topib, Toshkent shahrida jami tuzalganlar soni 1572 nafar tashkil qilmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 4591 nafarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mamlakatimizda koronavirusdan sog‘ayganlar soni oshdi