Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 iyul kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumki, prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz hududlariga safarlari chog‘ida IT-parklarni borib ko‘radi, axborot texnologiyalari bo‘yicha loyihalarga alohida ahamiyat qaratadi. Chunki bu sohada yoshlarni ish bilan, yuqori daromad bilan ta’minlash uchun katta imkoniyatlar bor.
Videoselektor yig‘ilishida ham bu masalaga to‘xtalib o‘tildi. Har bir tuman va shahar Yoshlar ishlari bo‘limlari va oliy o‘quv yurtlari qoshida axborot texnologiyalariga o‘qitish markazlari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.
Joriy yilda 380 ming nafar ishsiz yoshning bandligini ta’minlash bo‘yicha shahar va tumanlar kesimida «manzilli reja»lar ishlab chiqilib, mahalliy kengashlarda tasdiqlangan edi. Natijada o‘tgan olti oyda 270 ming nafar yigit-qiz ishga joylashtirildi.
Yig‘ilishda dastur ijrosi hamma joyda ham birdek bajarilmayotgani qayd etilib, mas’ullar ogohlantirib o‘tildi.
Yil yakunigacha yoshlarning 360 milliard so‘mlik 2 ming 200 ta loyihasini amalga oshirish orqali kamida 10 mingta yangi ish o‘rni yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Yoshlar uchun yana bir muhim yangilik – Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi qoshida Venchur fond tashkil etilishi belgilandi. Ushbu jamg‘armaga dastlab 1 million dollar yo‘naltiriladi.
Shuningdek, startap loyihalar tanlovini tashkil etish orqali joriy yilda har bir viloyatda kamida 10 ta, kelgusi yildan boshlab yiliga kamida 20 ta eng yaxshi startap loyihalarga 50 milliondan 200 million so‘mgacha grant ajratiladi. Bundan tashqari, quduq qazish, sug‘orish vositalari xarid qilish, issiqxona o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun yoshlarga subsidiyalar beriladi.
Yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, bank va boshqa sohalar bo‘yicha konsalting xizmatlari xarajatlari qoplanadi. Prezident ushbu chora-tadbirlar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi