23:39 / 31.07.2020
2 452

Dam olish kunlari O‘zbekistonning ba’zi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Dam olish kunlari O‘zbekistonning ba’zi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
«O‘zgidromet» 1–2 avgust kunlari qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 1 avgustda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kuzatilishi mumkin, mamlakatning qolgan hududida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, harorat 30-33 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

2 avgustda respublikaning katta qismida ob-havoning yana kam bulutli va quruq bo‘lishi kutilmoqda, faqat ba’zi tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Keyingi haftada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat asta ko‘tariladi va yana 36-39 darajani tashkil qiladi.
Keyinchalik avgust harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Qisqa muddatli yomg‘irlar, asosan, respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida kuzatiladi.

Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq atrofida, ayrim kunlarda 40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Oyning so‘nggi o‘n kunligida kunduzgi harorat 28-33 darajagacha pasayishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dam olish kunlari O‘zbekistonning ba’zi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin