2 577
O‘zbekistonda darsliklar o‘quvchini tanqidiy fikrlashga, mustaqil mulohaza yuritishga undamaydi
Respublika ta’lim markazida Yevropa, Osiyo, Afrika mintaqalarida ta’lim darsliklarini nashr qilish bo‘yicha 30 yillik tajribaga ega mutaxassis Endi Smart bilan videokonferensiya o‘tkazildi.
Endi Smart O‘zbekiston ta’lim darsliklari va o‘quv dasturlari borasidagi o‘z fikrini bildirdi.
Ekspertning aytishicha, bizning ta’lim darsliklarimiz o‘quvchini ko‘proq, o‘qituvchiga bog‘lab qo‘yadi. Uni mustaqil o‘rganishga undamaydi.
“Mukammal, sifatli darslik aslida mavhum tushuncha. Darslik umumiy ta’lim tizimini muvaffaqiyatli bo‘lishini belgilab bermaydi. U shunchaki, hissa qo‘shadi. Darslikdan tashqari boshqa muhim unsurlar ham bor. Har bir mamlakatda o‘zining ishlab chiqqan tizimi bor va ular shundan kelib chiqqan holda darsliklarni baholaydilar. Tizim mamlakat mafkurasi, an’analari va ta’lim siyosatidan kelib chiqib ishlab chiqilgan bo‘ladi.
Shuning uchun darslik o‘sha davlat mezonlaridan kelib chiqib baholanadi. Boshqa davlat tomonidan bu unsurlar turlicha talqin qilinishi mumkin. Bugunga qadar butun dunyodagi darsliklarni baholaydigan qat’iy yagona tizim va mezonlar mavjud emas. Lekin, mezonlarning ayrimlariga asoslanib darsliklarga baho berish mumkin. Misol uchun, Singapur davlatidagi matematika darsliklari o‘tgan 20-30 yil davomida ta’lim dunyosida mashhur bo‘ldi.
Ko‘plab davlatlar Singapur yondashuvini o‘zlarida qo‘llab ko‘rishdi. 2019 yil oxirida O‘zbekistonga kelganimda ta’lim sohasidagi o‘quv dasturlar va darsliklar bilan ozmuncha tanishib chiqishga imkoniyatiga ega bo‘lgan edim.
Taassurotlarimga kelsak, O‘zbekistonda ham boshqa markazlashtirilgan o‘quv tizimiga asoslangan davlatlardagi kabi o‘xshashliklar bor. Ya’ni, bevosita darsliklar misolida aytadigan bo‘lsak, ular ko‘proq o‘quvchini o‘qituvchiga bog‘lab qo‘yadi. Go‘yoki, o‘quvchining tengdoshlari, uni mustaqil fikrlab o‘zi o‘rganishi ortiqchadek tuyuladi. Ya’ni darsliklar o‘quvchini pedagokka bog‘lab, yagona vosita darslikdek talqin qilinadi.Ta’lim jarayoni markaziga o‘quvchini qo‘ygan yoki aksincha markazga o‘qituvchini qo‘ygan yondashuvlar mavjud.
Lekin, O‘zbekiston darsliklari markazida asosiy e’tibor darslikka va ta’lim jarayonining butun bosqichida o‘quvchini mavzuni qanday yod olganini baholashga qaratilgan. O‘quvchini tanqidiy fikrlashga, mustaqil mulohaza yuritishga undamaydi. Men shunday holatga guvoh bo‘ldim. Lekin, mana endilikda O‘zbekistonda yangi milliy o‘quv dasturini ishlab chiqilmoqda va bu jarayonda darsliklar ham isloh qilinadi”, deydi Endi Smart. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi