date

Toshkentda erkaklar soni ayollardan kamayib bormoqda

Toshkentda erkaklar soni ayollardan kamayib bormoqda

2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda har 1000 nafar ayol hisobiga o‘rtacha 1 015 nafar erkak to‘g‘ri kelmoqda. Biroq Toshkent shahri respublikada erkaklar miqdori ayollardan kam bo‘lgan yagona hudud sifatida qayd etildi.

Hududlar kesimidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har 1000 nafar ayolga to‘g‘ri keladigan erkaklar soni quyidagicha:

— Namangan viloyati — 1 034 nafar (eng yuqori ko‘rsatkich);

— Qashqadaryo viloyati — 1 029 nafar;

— Andijon viloyati — 1 027 nafar;

— Navoiy viloyati — 1 026 nafar;

— Surxondaryo viloyati — 1 025 nafar;

— Jizzax va Farg‘ona viloyatlari — 1 019 nafar;

— Samarqand viloyati — 1 016 nafar;

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 010 nafar;

— Sirdaryo viloyati — 1 009 nafar;

— Toshkent viloyati — 1 008 nafar;

— Buxoro viloyati — 1 006 nafar;

— Xorazm viloyati — 1 004 nafar;

— Toshkent shahri — 966 nafar (eng past ko‘rsatkich).

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, poytaxtda ayollar soni erkaklarga nisbatan ancha ko‘p ekani kuzatilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda erkaklar soni ayollardan kamayib bormoqda