date

Diqqat! Qurbon hayiti va qo‘shimcha dam olish kunlari e’lon qilindi

Diqqat! Qurbon hayiti va qo‘shimcha dam olish kunlari e’lon qilindi

O‘zbekistonda bu yil Qurbon hayiti 27 may — chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan fuqarolar uchun uzluksiz dam olish kunlari e’lon qilindi. Prezident farmoniga ko‘ra, 28—29 may kunlari barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

Shuningdek, 6 kunlik ish rejimida ishlovchilar uchun 30 may ham dam olish kuni sifatida qo‘shilgan. Natijada 31 may — yakshanba kuni bilan birgalikda aholining barcha qatlamlari ketma-ket 5 kunlik dam olish imkoniga ega bo‘ladi.

Dam olish kunlari quyidagicha taqsimlanadi:

  • 27 may — chorshanba (Qurbon hayiti),
  • 28 may — payshanba (qo‘shimcha dam olish kuni),
  • 29 may — juma (qo‘shimcha dam olish kuni),
  • 30 may — shanba (6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni),
  • 31 may — yakshanba (odatdagi dam olish kuni).

Aytish mumkinki, aholiga 5 kunlik uzluksiz hordiq imkonini beradi. Haftada 5 kun ishlovchilar jami 14 kun, 6 kun ishlovchilar esa 10 kun dam oladi. Ta’kidlanishicha, bu oy so'nggi yillardagi eng ko'p dam olish kunlaridan iborat bo'lgan oy hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Diqqat! Qurbon hayiti va qo‘shimcha dam olish kunlari e’lon qilindi