date

O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan necha kun dam oladi?

O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan necha kun dam oladi?

Joriy yilda Qurbon hayiti 27 may — chorshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Shu munosabat bilan Prezident farmoni asosida barcha fuqarolar uchun 2 kun — payshanba va juma qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilandi. Shuningdek, haftasiga 6 kun mehnat qiladiganlar uchun shanba kuni ham dam olish kuni deb e’lon qilingan.

Natijada ish haftasi turidan qat’i nazar, barcha o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun hordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dam olish kunlari quyidagicha belgilangan:

— 27 may, chorshanba — Qurbon hayiti bayrami;
— 28 may, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
— 29 may, juma — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
— 30 may, shanba — 6 kunlik ish rejimida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam kuni;
— 31 may, yakshanba — odatiy dam olish kuni.

Ma’lum qilinishicha, mazkur tartib 2025 yil 24 dekabrda qabul qilingan PF-257-sonli Prezident farmoni asosida joriy etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan necha kun dam oladi?