10:30 / 19.03.2023
176

UFC 286. Kamaru Usmon revansh jangida ham Edvardsga yutqazib qo‘ydi va boshqa natijalar

Angliyaning London shahrida UFC 18-mart oqshomida o‘zining navbatdagi raqamli musobaqasini o‘tkazdi.

UFC 286 ning asosiy jangi yarim o‘rta vazn toifasi vakillari Leon Edvards (21-3) va Kamaru Usman (20-3) o‘rtasida kechdi. Dastlabki raundni Edvards o‘z foydasiga hal qildi. Keyingi besh daqiqalikda teng kurash kechdi. Uchinchi raundda kichik ustunlik Usmon tomonida bo‘ldi, bundan tashqari taqiqlangan ishni amalga oshirgani uchun Edvardsdan ochko olib tashlandi.

To‘rtinchi va beshinchi raundlar deyarli teng kurashlar ostida o‘tdi. Yakunda hakamlarning ikki nafari Edvardsning g‘alabasini qayd etdi, yana biri durang bo‘lganini ma’lum qildi — 48-46, 48-46, 47-47.

Shu tariqa Edvards ketma-ket ikkinchi marta Usmonni mag‘lub etib, kamarni muvaffaqiyatli himoya qilishga erishdi.

Yana bir markaziy janglardan biri yengil vazn toifasi vakillari Jastin Getji (24-4) va Rafael Fiziyev (12-2) o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Murosasiz o‘tgan uch raund yakuniga ko‘ra hakamlar Getjining g‘alabasini qayd etdi.

Shu va boshqa janglar natijasi bilan tanishing:

Asosiy kard

  • Leon Edvards ochkolar evaziga Kamaru Usmanni yengdi;
  • Jastin Getji ochkolar evaziga Rafael Fiziyevdan ustun keldi;
  • Gunnar Nelson 1-raunddagi sabmishen bilan Brayen Barbarenani taslim etdi;
  • Jennifer Maya ochkolar evaziga Keysi OʼNillni mag‘lub etdi;
  • Marvin Vettori ochkolar evaziga Roman Dolidzeni yutdi.

Prelim kard

  • Jek Shor 2-raundda sabmishen evaziga Makvan Amirxonini taslim etdi;
  • Kris Dankan ochkolar evaziga Omar Moralesni mag‘lub etdi;
  • Yanal Ashmoz 1-raundda Sem Pattersonni nokautga uchratdi;
  • Muhammad Mokayev 3-raundda sabmishen bilan Jafel Filyoni yutdi;
  • Leron Myorfi ochkolar evaziga Gabriel Santosni mag‘lub etdi;
  • Kristian Dankan 1-raundda Dushko Todorovichni nokautga uchratdi;
  • Jeyk Hadli 1-raundda Malkolm Gordonni nokaut qildi;
  • Joann Vud ochkolar evaziga Luana Karolinani yutdi;
  • Jay Gerbert va Lyudovit Klayn o‘rtasidagi jangda durang qayd etildi;
  • Juliana Miller ochkolar evaziga Veronika Hardini yengdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC 286. Kamaru Usmon revansh jangida ham Edvardsga yutqazib qo‘ydi va boshqa natijalar