Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Toshkent viloyati Nurafshon shahar tug‘uruq kompleksida vazni 6 kilogramm 865 gramm bo‘lgan chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.
«Chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Ona kesarcha kesish orqali tug‘dirilgan, bu uning ikkinchi farzandidir», — deyiladi xabarda.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Feruza Rahmatullayevaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida. U bunday holat Toshkent viloyatida birinchi bor kuzatilayotganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil aprelda Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi akusherlik kompleksida yetti kiloli qizaloq tug‘ilgan edi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 million 355,4 ming nafarni tashkil etmoqda. Joriy yilning 9 oyida O‘zbekistonda 693,9 nafar tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 716, 9 ming kishini tashkil etgan. Hisobot davrida tug‘ilishlar soni 3,2 foizga qisqargan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?