07:00 / 17.11.2024
7

Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin

Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Odatda jarrohlik amaliyotidan so‘ng teridagi kesmalarning o‘rni bitishi uchun bir necha hafta va kundalik tibbiy parvarish talab etiladi.

SSV Matbuot xizmatining xabar berishicha, xitoylik olimlar bu jarayonni tezlashtirish ustida ilmiy izlanish olib borgan. Yakunda elektrlashtirilgan iplardan foydalanish operatsiyadan keyingi choklar o‘rni tuzalishini jadallashtirishi ma’lum bo‘ldi.

Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, kuchsiz elektr toki to‘qimalarning yangilanishiga yordam beradi.

Buning uchun tadqiqotchilar organizm tomonidan zararsiz ravishda so‘riladigan va biologik parchalanuvchi polimerlar hamda magniydan tarkib topgan maxsus iplarni ishlab chiqdi.

Operatsiya qilingan soha atrofidagi mushaklar va boshqa to‘qimalar harakatlanganda, chokning o‘rta qatlami tashqi qoplamaga ishqalanib, elektronlar o‘tkazadi. Hosil bo‘lgan 2,3 voltga teng elektr toki kesmaning bitishiga yordam beradi.

Bu usul jarohat o‘rni tuzalishini 50 foizga tezlashtirishi aniqlandi. Qolaversa, elektr toki dezinfeksiyalash vositalarisiz ham kesilgan joydagi bakteriyalar ko‘payishiga to‘siq bo‘ladi.

Hozircha yangi texnologiya jonivorlarda tajribadan o‘tkazildi va ijobiy natijaga erishildi. Navbatdagi klinik sinovlardan so‘ng mazkur usul tibbiy amaliyotda qo‘llanilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin