Foto: NATO Birlashgan havo qo‘mondonligi
Amerikaning B-52H Stratofortress strategik bombardimonchi samolyotlari Kaliningrad viloyati yaqinida joylashgan Kudjel poligonida bombardimon mashg‘ulotini o‘tkazdi, deya xabar bermoqda NATO Birlashgan havo qo‘mondonligi.
Ma’lum bo‘lishicha, operatsiya Italiya va Germaniya harbiylari bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.
Manyovrlar olti kilometr balandlikdan lazer yordamida boshqariladigan bombalarni tashlashni o‘z ichiga olgan. O‘quv tadbiri AQSHning Yevropadagi rotatsion kuchlari tomonidan tashkil etilgan Vanguard Merlin taktik dasturining bir qismi bo‘lgan.
AQSHning B-52 bombardimonchi samolyotlarini Yevropada joylashtirish NATOning ittifoqchilarni himoya qilishga va potensial tahdidlarning oldini olishga tayyorligini namoyish etish uchun muntazam amaliyotidir.
Foto: NATO Birlashgan havo qo‘mondonligi
Noyabr oyi boshida Qo‘shma Shtatlar Buyuk Britaniyadagi Mildenholl aviabazasiga to‘rtta shunday samolyotni joylashtirgan edi. O‘shandan beri samolyotlar Finlyandiya, Shvetsiya, Shimoliy dengiz va Litva ustidan bir qator parvozlarni amalga oshirgan.
The Wall Street Journal (WSJ) nashri prezident Jo Bayden ma’muriyatidagi manbalariga tayanib, Qo‘shma Shtatlar joylashtirilgan yadro kallaklari sonini ko‘paytirish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan. Bunga Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyadan kelayotgan tahdidlarning kuchayishi sabab bo‘lgani aytilgan.
Nashrga ko‘ra, Oq uy avvalroq Moskva, Pekin va Pxenyan bilan bir vaqtda mojaro yuzaga kelgan taqdirda harakatlar rejasini tuzishni taklif qiluvchi maxfiy direktivani tayyorlagan. Strategiyaning asosiy e’tibori yadroviy bo‘lmagan to‘xtatuvchi kuchlarni rivojlantirishga qaratilgan, ammo yadroviy salohiyatni oshirish choralari ham ko‘rib chiqilmoqda.
Foto: NATO Birlashgan havo qo‘mondonligi
WSJ suhbatdoshlarining aniqlik kiritishicha, Pentagon Minuteman III qit’alararo ballistik raketalariga, shuningdek, AQSH strategik kuchlarining asosiy elementi bo‘lgan suvosti kemalariga joylashtiriladigan jangovar kallaklar sonini ko‘paytirish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bundan tashqari, dengizdan uchiriladigan qanotli yadroviy raketalar dasturini ishlab chiqish davom etmoqda. Ushbu masala bo‘yicha yakuniy qarorni AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp ma’muriyati qabul qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi