
Millatlar ligasida bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
A liganing guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, Portugaliya va Xorvatiya (birinchi guruh), Fransiya va Italiya (ikkinchi guruh), Germaniya va Niderlandiya (uchinchi guruh), Ispaniya va Daniya (to‘rtinchi guruh) keyingi bosqichga o‘tishdi.
Qur’a marosimi 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Chorak final bahslari 20-25 mart, qolganlari esa 4-8 iyun kunlari o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar