
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Tyumen oblasti Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan shaharsozlik forumida qatnashdi.
Forum doirasida diplomatlar Tyumen oblasti Savdo-sanoat palatasi prezidenti Olga Yezikeyeva bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda migratsiya sohasida va O‘zbekiston hududlari bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashildi.
Rossiyaning mazkur hududidagi yirik qurilish tashkilotlari rahbarlari bilan O‘zbekistondan qonuniy tarzda mehnat migrantlarini ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, diplomatlar Vinzilinskiy zavodida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirishdi.
Tyumen oblasti Turizm va targ‘ibot agentligi direktori Dmitriy Puxov bilan kechgan muloqotda sayyohlik sohasidagi ikki tomonlama aloqalarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston turizm salohiyatini Tyumen oblasti aholisi o‘rtasida keng targ‘ib qilish suhbatning asosiy mavzusi bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar